Diagnostik karta
Ekologik ongning shakllanganlik darajasini uch mezon boʻyicha aniqlash. Kartani shu yerda toʻldirib, chop etish yoki Word shaklini yuklab olish mumkin.
Ekologik ongning shakllanganlik darajasini aniqlash
I. Kognitiv mezon — bilim
0 / 10 Past| № | Koʻrsatkich (indikator) | 0 | 1 | 2 |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Tabiat va atrof-muhit haqida yaxlit ilmiy tasavvurga ega. | |||
| 2 | Asosiy ekologik tushunchalarni (suv aylanishi, ifloslanish, resurs) tushuntiradi. | |||
| 3 | Oʻsimlik va hayvonot dunyosi haqida tizimlashtirilgan bilimga ega. | |||
| 4 | Ekologik muammolarning sabab-oqibat bogʻliqligini tahlil qiladi. | |||
| 5 | Tabiiy jarayonlarni STEAM komponentlari (fan, texnologiya, matematika) bilan bogʻlaydi. |
II. Affektiv-aksiologik mezon — qadriyat va munosabat
0 / 10 Past| № | Koʻrsatkich (indikator) | 0 | 1 | 2 |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Tabiatga, suv va tabiiy resurslarga nisbatan gʻamxoʻr munosabatda boʻladi. | |||
| 2 | Ekologik qadriyatlarni shaxsiy ahamiyatli deb qabul qiladi. | |||
| 3 | Atrof-muhit muammolariga hissiy javob beradi, befarq emas. | |||
| 4 | Barqaror rivojlanish va tabiatni asrash gʻoyalariga ijobiy munosabatda. | |||
| 5 | Oʻz ekologik xulq-atvori uchun masʼuliyatni anglaydi. |
III. Faoliyatli-kreativ mezon — amaliy-ijodiy faoliyat
0 / 10 Past| № | Koʻrsatkich (indikator) | 0 | 1 | 2 |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Ekologik tajriba va kuzatishni mustaqil bajaradi (mas., suv filtri). | |||
| 2 | Olingan bilimni real vaziyatda qoʻllaydi (suvni tejash, chiqindini ajratish). | |||
| 3 | Ijodiy mahsulot yaratadi (plakat, infografika, loyiha). | |||
| 4 | Guruhda hamkorlikda samarali ishlaydi. | |||
| 5 | Kichik tadqiqot yoki loyihani oxiriga yetkazadi va taqdim etadi. |
- jami ball
- 0 / 30
- daraja
- Past
Ball va daraja mezonlari
1–2-sinf — yashirin diagnostika
Bola baholanayotganini sezmaydi: kuzatuv jurnali, portfolio, nishonchalar. Raqamli baho yoʻq. Natijalar faqat oʻqituvchi va ota-onaga koʻrinadi.
3–4-sinf — qisman ochiq
Kirish diagnostikasi stsenariyli masala shaklida, joriy — qisqa yozma javob bilan, yakuniy — mini-loyiha himoyasi. Daraja tizimi: Boshlangʻich → Rivojlanmoqda → Ishonchli → Ekspert. Bola oʻz xatosini koʻradi va tuzata oladi — metakognitsiya shakllanadi.
Tadqiqot zaruriyatini belgilab beruvchi huquqiy asoslar
“Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmon
“Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”
Xalq taʼlimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
Taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish
Davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Taʼlim sifatini baholashda xalqaro tadqiqotlar
Ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi