2-dars
Uch quti, uch doʻst
Saralash asoslari — qogʻoz, plastik, organika
1–2-sinf
25 daqiqa
Amaliy dars
Saralash ustasi
Darsning maqsadi
Taʼlimiy
Chiqindilarni saralash tamoyillarini oʻrgatish (qogʻoz, plastik, organika)
Tarbiyaviy
Tartiblilik va masʼuliyatni tarbiyalash
Rivojlantiruvchi
Toifalarga ajratish (klassifikatsiya) koʻnikmasini rivojlantirish
Dars bosqichlari
| Bosqich | Vaqt | Faoliyat |
|---|---|---|
| Tashkiliy qism | 2 daqiqa | Salomlashish, oʻtilganni eslash |
| Motivatsiya | 3 daqiqa | 3 xil rangli quti koʻrsatiladi — «Sizningcha, bular nima uchun kerak?» |
| Platforma bilan ishlash | 8 daqiqa | Drag&drop saralash oʻyini, plastik haqida tanlov savoli |
| Amaliy mashq (sinfda) | 6 daqiqa | Guruhlarga boʻlib, real (toza) narsalarni 3 ta qutiga saralash oʻyini |
| Mustahkamlash | 3 daqiqa | Har bir guruh natijasini tekshirish |
| Yakunlash | 3 daqiqa | «Saralash ustasi» nishonchasi, uyga vazifa |
Kutilayotgan natija
Oʻquvchi kamida 3 turdagi chiqindini toʻgʻri saralay oladi.
Uyga vazifa
Uyda 3 ta quti/paket tayyorlab, bir kun davomida chiqindini saralashga harakat qilish.